AsosiyJamiyat

Samarqanddan Olmaotaga uchgan birinchi aviareys tantanali kutib olindi

'Samarqanddan Olmaotaga uchgan birinchi aviareys tantanali kutib olindi'ning rasmi

Bugun Olmaota xalqaro aeroportida  «Uzbekistan airways» aviakompaniyasining «Samarqand – Olma-ota» yo`nalishi bo`yicha parvoz qilgan birinchi reysi tantanali kutib olindi, deb xabar bermoqda  «Dunyo» AA.

Aviasiya an`anasiga ko`ra, samolyot aeroportga qo`nganidan keyin ikkita o`t o`chirish mashinasi yordamida shakllantirilgan suv sharsharasi ostidan o`tdi.

Samarqanddan Olmaotaga birinchi reys yo`lovchilari va ekipaj a`zolari aeroport ma`muriyati, OAV vakillari va milliy libosdagi qizlar tomonidan an`anaviy qozoq bo`g`irsog`i va shirinliklari bilan kutib olindi.

O`zbekistonning Olmaota shahridagi Bosh konsuli Abror Fatxullaev «Samarqand – Olmaota» reysining ochilishi ikki tomonlama munosabatlarning yuqori darajasiga mos tarzda qardosh davlatlar fuqarolari o`zaro safarlarining yanada o`sishiga, turizmni rivojlantirishga, biznes hamjamiyati vakillari o`rtasidagi aloqalarni kengaytirishga yordam berishini ta`kidladi.

Mavzuga doir:

«Samarqand — Olmaota — Samarqand» yo`nalishida aviaqatnovlar yo`lga qo`yildi

    Boshqa yangiliklar