Samarqandda 11-13-iyun kunlari "Yangi O`zbekiston yoshlari, birlashaylik!" shiori ostida yoshlar festivallari bo`lib o`tadi.
Yoshlar oyligi doirasida o`tkazilayotgan ushbu festivalda quyidagi loyihalar amalga oshiriladi.
Sektorlar kesimida sport musobaqalari;
Muvafaqqiyatga erishgan tadbirkorlar bilan motivasion uchrashuvlar;
Intellektual o`yinlar;
Harbiy-vatanparvarlik loyihalari;
Qorasuv massivi, Nurafshon san`at saroyi, Registon maydonida 3 kun davomida gala-konsert dasturlari;
Kibersport musobaqalari;
Kam ta`minlangan oila farzandlarining turistik markazlarga tashriflari;
"Yoshlar daftari"ga kiritilgan yoshlarga asbob-uskunalar topshirish;
Samarqand viloyati hokimi stipendiyasi va startap loyihalar g`oliblarini taqdirlash marosimlari bo`lib o`tadi.






