O`zbekiston Gidrometeorologiya xizmati xabariga ko`ra, bugun kunduz kuni O`zbekiston bo`yicha havo harorati biroz pasayishi kutilmoqda. Respublika bo`yicha havo biroz bulutli bo`ladi, ba`zi joylarda o`zgarib turadi, faqat Andijon, Namangan, Farg`ona viloyatlarida va ertalab Qoraqalpog`istonda ba`zi joylarda qisqa muddatli yomg`ir yog`ishi, momaqaldiroq bo`lishi mumkin. Ba`zi joylarda shamol changli bo`ron bilan 17-22 m/s gacha kuchayishi mumkin. Havo harorati 34-39°, Surxondaryo viloyatida ba`zi joylarda 41° gacha bo`ladi.
Poytaxtimizda havo biroz bulutli bo`ladi, ba`zi joylarda o`zgarib turadi, yog`ingarchilik kutilmaydi. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi. Havo harorati 34-36° bo`ladi.
Respublikaning tog`li hududlarida havo biroz bulutli bo`ladi, ba`zi joylarda o`zgarib turadi, tog` oldi va tog`li hududlarda ba`zi joylarda qisqa muddatli yomg`ir yog`ishi, momaqaldiroq bo`lishi mumkin. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, ba`zi joylarda 17-22 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 22-27° bo`ladi.






