Qashqadaryo viloyati bojxona boshqarmasi Kontrabandaga qarshi kurashish va bojxona auditi bo`limi tomonidan huquqni muhofaza qiluvchi idoralar vakillari bilan hamkorlikda “Qoradori-2021” tezkor profilaktik tadbir davomida giyohvandlik vositalarining noqonuniy aylanmasiga chek qo`yildi. Bu haqda Davlat bojxona qo`mitasi Axborot xizmati xabar berdi.
O`tkazilgan tadbir davomida, Kitob tumani istiqomat qiluvchi fuqaro Yo.Q.ning yashash xonadoni belgilangan tartibda ko`zdan kechirilganda, xonadon hovlisining tomorqasida 7 tup nasha o`simligi va 143 tup ko`knor o`simliklarini qonunga zid ravishda parvarishlab kelayotganligi aniqlandi.
Yana bir holatda, ushbu tumanda istiqomat qiluvchi fuqaro T.G.ning yashash xonadoni belgilangan tartibda ko`zdan kechirilganda, xonadonning yashash xonalarida hufyona tarzda maxsus yog`och qutilardan tayyorlangan idishlarda 7 tup giyohvandlik o`simliklarini parvarishlab kelayotganlik holati aniqlandi.
Hozirda yuqoridagi holatlar yuzasidan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.






