AsosiyJamiyat

Toshkentdagi kanalda qo`lini yuvmoqchi bo`lgan namanganlik yigit cho`kib ketdi. Cho`kayotgan qizni qutqargan erkak ham halok bo`ldi (video)

'Toshkentdagi kanalda qo`lini yuvmoqchi bo`lgan namanganlik yigit cho`kib ketdi. Cho`kayotgan qizni qutqargan erkak ham halok bo`ldi (video)'ning rasmi

Toshkent shahridan oqib o`tuvchi Damashi va Bo`zsuv kanallarida ikki nafar fuqaro cho`kib ketib halok bo`ldi. Bu haqda “Zamon” informasion dasturida xabar berildi.

Ma`lum qilinishicha, Damashi kanalida qo`lini yuvish uchun suvga yaqin kelgan 2005 yilda tug`ilgan namanganlik yigit cho`kib ketib halok bo`lgan. 

Shuningdek, Bo`zsuv kanalida ham bir erkak cho`kib ketib halok bo`ldi. U cho`kayotgan qizni ko`rib qolgan va uni qutqarish maqsadida suvga o`zini tashlagan. Biroq, qizni qutqargan erkakning o`zi suvdan chiqolmay, cho`kib ketgan. Hozirda ikki kanalda cho`kib ketgan har ikki fuqaroni qidirish ishlari olib borilmoqda.

    Boshqa yangiliklar