AsosiyJamiyat

Muborak tumaniga yangi hokim tayinlandi

'Muborak tumaniga yangi hokim tayinlandi'ning rasmi

Bugun Xalq deputatlari Muborak tumani kengashining navbatdan tashqari sessiyasi bo`lib o`tdi, deya xabar qildi Qashqadaryo viloyati hokimligi Axborot xizmati. 

Sessiyada viloyat hokimi Zoyir Mirzaev ishtirok etdi. Unda tashkiliy masala ko`rib chiqildi.  

Deputatlar tomonidan Muborak tumani hokimi etib Aripov Akram Oromovich tasdiqlandi.

Akram Aripov Qarshi tumani hokimining qishloq va suv xo`jaligi masalalari bo`yicha o`rinbosari sifatida ishlab kelayotgan edi.

Eslatib o`tamiz, sal avval Muborak tumanining sobiq hokimi Ulug`bek Ernazarov vazifasidan ozod etilgani xabar qilingan. Ulug`bek Ernazarov 2020 yilning 19 mart kuni Muborak tuman hokimi vazifasiga qo`yilgan edi va o`shanda viloyat hokimi Zoyir Mirzaev unga oq fotiha bergan edi. 

    Boshqa yangiliklar