2021 yil 11-iyun kuni "Turkish Airlines" aviakompaniyasining Istanbuldan Urganchga ilk parvozi— Istanbul - Urganch TK 262 reysi amalga oshiriladi.
Istanbul-Urganch yo`nalishi bo`yicha uchish va qo`nish mahalliy vaqt bilan:
* uchish - 02:10;
* qo`nish - 07:55.
Samolyot qo`nganidan keyin kutib olish marosimi o`tkaziladi. Urganch-Istanbul qaytish safari esa mahalliy vaqt bilan:
* uchish 09:15;
* qo`nish 11:35 vaqtida amalga oshiriladi.
Eslatib o`tamiz, kuni kecha, “Turk havo yo`llari” aviakompaniyasi Istanbuldan Farg`onaga ilk parvozini amalga oshiragan edi.






