Prezident Farmoniga muvofiq er ajratish va undan foydalanishda nazorat kuchaytiriladi, ya`ni:
- tuman hokimlarining er ajratish bo`yicha vakolati to`liq bekor qilindi (erni biriktirish, farmoyish chiqarish, erni ko`chirish);
- qishloq xo`jaligi eri ijarasi bo`yicha ochiq tanlov yakunini viloyat hokimi qarori bilan tasdiqlanadi, ijara shartnomasini (tuman hokimligi va g`olib o`rtasida) elektron shaklda tuziladi;
- hokim qarorlarini “e-qaror” axborot tizimida shakllantiriladi;
- erning joylashuv xaritasini “Innola” va “ArsGIS” dasturlarida shakllantiriladi, erga bo`lgan huquq avtomatik tarzda kadastr ro`yxatidan o`tkaziladi;
- viloyat hokimining er bo`yicha qarorlarini adliya boshqarmasida huquqiy ekspertizadan o`tkazadi;
- hokimning ayni bir qarori bilan yoki bir vaqtning o`zida er uchastkasini olib qo`yish va boshqa shaxsga ajratishni taqiqlanadi;
- erga oid huquqbuzarliklarni aniqlash, hujjatlarni to`plash va ko`rib chiqish jarayonini “E-YERNAZORAT” axborot tizimi orqali yuritiladi;
- kadastr, prokuratura, adliya organlari va hokimliklar tomonidan er ajratish ustidan davlat nazorati amalga oshiriladi;
- er sohasidagi huquqbuzarlik haqida xabar bergan shaxslarni moddiy rag`batlantiriladi.
Er sohasidagi huquqbuzarliklar uchun javobgarlik keskin kuchaytirildi. Xususan:
- noqonuniy egallangan erlar to`g`risida xabar bermaslik, ularda qurilgan imoratlarni kommunikasiya tarmoqlariga ulab berganlik uchun yangi ma`muriy javobgarlik kiritildi;
- sug`oriladigan erlarda o`zboshimchalik bilan qurilish qilgan shaxslarni to`g`ridan-to`g`ri jinoiy javobgarlikka tortiladi (amalda javobgarlik ma`muriydan keyin belgilangan);
- er sohasida barcha ma`muriy jarimalarni tayinlash vakolatini kadastr organlariga o`tkaziladi;
- erni noqonuniy sotganlik uchun yangi jinoiy javobgarlik kiritildi.
Mazkur o`zgartirishlar orqali quyidagi natijalar kutilmoqda.
- ️ erlarni talon-taroj qilish, o`zboshimchalik bilan egallash, noqonuniy sotish keskin kamayadi;
- erlar barcha uchun bir xil va shaffof tartibda ajratiladi;
- er bozor aktiviga aylanadi va moliyaviy oborotga kiradi;
- er ajratish tartibi yagona hujjat – Er kodeksida belgilanadi;
- er sohasida davlat va jamoatchilik nazoratining samaradorligi ortadi.






