Oliy Majlisning Inson huquqlari bo`yicha vakili (ombudsman)ning Qoraqalpog`istondagi mintaqaviy vakili tomonidan Qo`ng`irot tumanidagi 27-son manzil koloniyasiga monitoring tashrifi amalga oshirildi. Bu haqda Vakil axborot xizmati xabar berdi.
Aniqlanishicha, ushbu muassasadagi shart-sharoitlar deyarli qoniqarli darajada, lekin, mehnat qonunchiligiga zid ba`zi holatlar mavjud. Jumladan, muassasada jazo muddatini o`tayotgan 100 dan ortiq mahkumlar Nukus tumanidagi g`isht zavodlaridan birida mehnat qilib kelmoqda. Lekin, ularga joriy yilning mart-may oylari uchun xanuzgacha ish haqlari berilmagan.
Ombudsmanning Qoraqalpog`istondagi vakili Zuxra Reymovaning aralashuvi bilan mahkumlarning oylik maoshlarini to`lab berilishiga erishildi.






