Namangan viloyat hokimi Shavkatjon Abdurazaqov rahbarligidagi delegasiya qo`shni Qirg`iziston Respublikasining Jalolobod viloyatiga yo`lga chiqdi.
Har ikki viloyat o`rtasidagi madaniy-iqtisodiy hamkorlik aloqalarini yanada mustahkamlash maqsadida qo`shni respublikaga yo`l olgan Namangan delegasiyasi tarkibida viloyat hokimligi vakillari, madaniyat va san`at sohasi namoyandalari, tadbirkor va ishbilarmonlar bo`lib, har ikki qo`shni viloyatlar o`rtasida barcha jabhalarda do`stona qo`shnichilik tamoyiliga asoslangan o`zaro teng hamkorlikni rivojlantirish maqsad qilib olingan.






