1

Toshkentda FVV xodimi cho`kayotgan ayolni qutqarish jarayonida vafot etdi

Jamiyat 09.06.2021, 18:13
Teglar: Fvv
Toshkentda FVV xodimi cho`kayotgan ayolni qutqarish jarayonida vafot etdi

Toshkent shahar Yakkasaroy tumanida 8 iyun kuni FVV xodimi cho`kayotgan ayolni qutqarish vaqtida halok bo`ldi. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi axborot xizmati xabar berdi.

Toshkent shahridagi «Bo`rijar» kanalida FVV xodimlari tomonidan ikki nafar fuqaro qutqarib qolindi. Qutqaruvchilardan biri suvda cho`kib halok bo`ldi.

Ma`lum qilinishicha, voqea soat 15:16 atrofida Yakkasaroy tumani Yu.Rajabiy MFYdan oqib o`tuvchi «Bo`rijar» kanalida sodir bo`lgan. Aniqlanishicha, taqiqlangan joyda suvga tushgan fuqaro cho`kishni boshlaganida aynan ushbu hududda nazorat olib borayotgan Toshkent shahar Favqulodda vaziyatlar boshqarmasining ikki nafar xodimi cho`kayotgan fuqaroni ko`rib, qutqaruv ishlarini amalga oshirgan.

Qutqaruv jarayonida A.Azimxo`jaev va I.Murodov ismli xodimlar S.Q. ismli ayolni qutqarib qolgan. Shundan so`ng avval uning yonidagi fuqaro F.K., keyinchalik S.Q. takroran o`zini suvga tashlagan. Qutqaruvchilarning harakati tufayli ikkala fuqaroning hayoti saqlab qolingan. Ta`kidlanishicha, qutqaruvchi A.A. xizmat vazifasini bajarish davomida halok bo`lgan.

Sharhlar

⚡️ Rasmiy axborot: Norin daryosining dambasi mustahkamlanmoqda, suvi kamaytirildi

27.01.2023, 10:26

Sal avval ijtimoiy tarmoqlarda Norin daryosini to`sib turadigan damba qulagani va qirg`og`i emirilayotgani aytilgan edi. Shundan so`ng, FVV vaziyatni nazoratga olganini ma`lum qildi. Ayni paytda holat...
Suvda oqib ketayotgan bir bolani qutqarish uchun ikki qutqaruvchining cho`kib ketgani hodisasiga FVV oydinlik kiritdi (video)

12.07.2022, 11:59

Ijtimoiy tarmoqlarda “Taqiqlangan joyda cho`milgan bolalarni qutqaramiz deb qutqaruvchilarni o`zi cho`kib ketdi” sarlavhasi ostida xabarlar tarqalmoqda.  Favqulodda vaziyatlar vazirligi tomonidan ushbu hodisa o`rganildi, deya xabar...
FVV qor ko`chish xavfidan ogohlantirdi

28.01.2022, 09:05

Favqulodda vaziyatlar vazirligi O`zbekiston Respublikasining tog`li hududlarda qor ko`chish xavfini e`lon qildi.Ma`lumot uchun, holat 2022 yilning 28 yanvar kunidan 31 yanvar kunigacha davom etishi mumkin.Shuningdek,...
FVV Chimyonda qor ko`chish xavfidan ogohlantirmoqda

03.01.2022, 16:28

FVV ma`lumotiga ko`ra, 2022 yil 3 yanvar soat 08:00dan 4 yanvar soat 08:00gacha Chimyon hududida qor ko`chkisi xavfi e`lon qilindi.«Hurmatli fuqarolar! Ehtiyotkorlik choralarini ko`rishingizni va...
Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1