Prezident Shavkat Mirziyoevning Surxondaryo viloyatiga qilgan tashrifi viloyat kelajagi uchun muhim tashabbuslarga boy bo`ldi. Ahamiyatlisi har bir berilayotgan vazifa va topshiriqlar shunchaki, ko`r-ko`rona emas, o`z asosi – mablag` bilan ta`minlangan holda beriladi. Demak, Surxondaryo uchun ajratiladigan mablag`lar qaerlarga, qanday maqsadlarda va qancha miqdorda beriladi? Davlat rahbarining Termiz shahridagi faolllar bilan uchrashuvida bu miqdorlar keltirib o`tildi va biz bugun bu mablag`larning manzillari haqida sizlarga ma`lumot beramiz.
Demak, ajratiladigan mablag`lar manzillari:
- Klasterlartomonidan tomorqada etishtirilgan mahsulotlarni tashqi bozorlarda sotishni tashkil etish uchun Rossiyadagi elchixonamiz va vakolatxonalarda Surxondaryo viloyati vakillari faoliyati yo`lga qo`yilib, ushbu tizimni joriy qilish uchun Tiklanish va taraqqiyot jamg`armasidan 1 trillion so`m mablag` ajratiladi.
- Viloyatga tadbirkorlik va o`zini-o`zi band qilishni kengaytirish uchunoilaviy tadbirkorlikva xizmat ko`rsatishnirivojlantirish dasturlari doirasida 727milliard so`m kredit ajratiladi.
- Joriy yilda 50mingnafar ishsizni jamoat ishlari, kooperativ va tomorqa xo`jaligida bandligini ta`minlash uchun Bandlikka ko`maklashish va Jamoat ishlari jamg`armalaridan 32 milliard so`m ajratiladi.
- Viloyatda import o`rnini bosuvchi yangi loyihalarni moliyalashtirish, zarur infratuzilmani yaratish, eksportyorlarni aylanma mablag` bilan ta`minlash maqsadida, Tiklanish va taraqqiyot jamg`armasidan 50million dollarmiqdorida imtiyozli moliyaviy resurs ajratiladi.
- Termiz shahar aholisini barqaror tabiiy gaz bilan ta`minlash maqsadida, qo`shimcha magistral gaz quvurlarini qurish uchun maxsus Jamg`armadan 70 milliard so`m ajratiladi.
- Denov shahrida yangi oqova suv inshootini bu yil qurib bitkazish va 170mingaholini kanalizasiya xizmatlari bilan qamrab olish uchun 100milliardso`m byudjet mablag`lari ajratiladi.
- Davlat-xususiy sheriklik asosidagi bog`chalarga qatnaydigan har bir bola uchun byudjetdan ajratiladigan subsidiyalar miqdori 50 foizdan 75 foizga oshiriladi. Ularning elektr va tabiiy gaz bo`yicha xarajatlarining 50 foizi byudjet hisobidan qoplab beriladi. Ushbu maqsadlarga davlat hisobidan 238 milliard so`m mablag` ajratiladi.
- Viloyatda ijtimoiy, kommunikasiya va yo`l infratuzilmasini rivojlantirishga 2021 yil uchun qo`shimcha 200 milliard so`m ajratiladi. Shundan 80 milliard so`mini Bandixon, Qiziriq, Muzrabot va Sherobod tumanlarining ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini yaxshilashga yo`naltiriladi.
- Viloyat tibbiyot tarmog`i loyihalarini amalga oshirish, xususan, Sho`rchi tumani tibbiyot birlashmasi yangi bino-inshootlarini qurish, Termiz shahar yuqumli kasalliklar shifoxonasini ta`mirlash uchun maxsus Jamg`armadan 50 milliard so`m ajratiladi.
- Joriy yilda Mirokreditbank 5 ming300nafar yoshlarning tadbirkorlik loyihalariga 136 milliardso`m, Xalq banki3 ming 774 nafar xotin-qizlarning tadbirkorlik loyihalariga 152 milliardso`m kredit ajratadi.
- Yaqin2-3 yildaviloyatda 1,5 million aholining ichimlik suv muammolarini to`liq hal qilish maqsadida, “To`palang” suv omboridan 400 kilometr magistral tarmoqlar qurishga Xalqaro moliya institutlaridan 150 million dollar jalb qilinadi.
- 2021-2022 yillardajami1 ming gektar issiqxonalarniishga tushirish bo`yicha 950 milliard so`mlik loyihalarni amalga oshirilib, buning uchun Xalqaro moliya institutlariningkredit liniyasi hisobidan qo`shimcha 50 million dollar jalb qilinadi.
Sardorbek Rahmonqulov






