AsosiyJamiyat

Taniqli jurnalist Safar Ostonov 73 yoshida vafot etdi

'Taniqli jurnalist Safar Ostonov 73 yoshida vafot etdi'ning rasmi

O`zbekistonda xizmat ko`rsatgan jurnalist Safar Ostonov vafot etdi. Bu haqda O`zbekiston Jurnalistlari ijodiy uyushmasi ma`lum qildi.

Qo`shimcha qilinishicha, jurnalist 8 iyun kuni olamdan ko`z yumgan. U so`nggi vaqtlarda davolanayotgan bo`lgan.

U 1999 yilda «O`zbekistonda xizmat ko`rsatgan jurnalist» unvoni bilan taqdirlangan. Shuningdek, u O`zbekiston yozuvchilar uyushmasi a`zosi ham hisoblanadi.

Safar Ostonov 2019 yilgi parlament saylovlarida 63-Kattaqo`rg`on saylov okrugidan Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Xalq demokratik partiyasi deputati etib saylangan.

    Boshqa yangiliklar