AsosiyJamiyat

Bugungi Toshkent – Xojikent – Toshkent yo`nalishidagi 2 ta poezd reysi bekor qilindi

'Bugungi Toshkent – Xojikent – Toshkent yo`nalishidagi 2 ta poezd reysi bekor qilindi'ning rasmi

Toshkent – Xojikent – Toshkent yo`nalishida harakatlanadigan shaharlararo yo`lovchi poezdlarining 2ta reysi bekor qilinadi, deya xabar bermoqda “O`zbekiston temir yo`llari” AJ Axborot xizmati. 

Keltirilishicha, "Toshkent mintaqaviy temir yo`l uzeli” UKga qarashli Qadirya-Oqqovoq bekatlari oralig`ining 18-kilometrdan 19-kilometirigacha bo`lgan hududda kapital ta`mirlash ishlari amalga oshiriladi. 

Shu sababli bugun, 10 iyun kuni:

07:10 dagi – Toshkent – Xojikent;  

10:10 dagi – Xojikent – Toshkent yo`nalishlarida harakatini amalga oshiradigan shaharlararo yo`lovchi poezdlari qatnovi bekor qilinadi.    

Shu kunlari soat 14:06, 16:42,17:31 hamda soat 19:13da harakatlanadigan Toshkent – Xojikent – Toshkent yo`nalishidagi shaharlararo yo`lovchi poezdlari harakat jadvali bo`yicha qatnovlarini amalga oshiradi.  

“O`zbekiston temir yo`llari” AJ rahbariyati bunday noqulaylik uchun yo`lovchilardan uzr so`ramoqda.

 

 

 

    Boshqa yangiliklar