AsosiyJamiyat

3-7 iyun kunlari Toshkentdagi havo harorati uch asr rekordini yangiladi — "O`zgidromet"

'3-7 iyun kunlari Toshkentdagi havo harorati uch asr rekordini yangiladi — "O`zgidromet"'ning rasmi

Avvalroq, 3-7 iyun kunlari O`zbekiston Respublikasi hududlarida Eron hududlaridan issiq havo massalari kirib kelishi, havo haroratining keskin ko`tarilib ketishi va o`rtacha sutkalik havo haroratining shu kunlar uchun xos bo`lgani iqlimiy me`yor qiymatlaridan 7-10 daraja yuqorilashi to`g`risida xabar berilgandi.

O`zbekiston Gidrometeorologiya xizmati xabariga ko`ra, Toshkent shahrida 2021 yil 3-7 iyun kunlari shu kun uchun rekord issiq havo haroratlari qayd etildi. Toshkent shahrida 3-7 iyun kunlari kuzatilgan maksimal havo harorati deyarli o`tgan asr boshlari va 19 asr oxirlarida ushbu kunlarda qayd etilgan maksimumlarni yangiladi. Toshkent shahrida kuzatuvlar tarixida qayd etilgan eng yuqori havo harorati +44,6 darajaga etgan bo`lib, bu ko`rsatgich 1997 yil 18 iyulda kuzatilgan.

 

    Boshqa yangiliklar