7 iyun kuni soat 15:10 larda Jondor tuman IIB navbatchilik qismiga Oqtepa MFYda yashovchi 45 yoshli Sh.R. yashash uyida vafot etganligi haqidagi xabar kelib tushgan, deya xabar bermoqda "bukhara news".
Aniqlanishicha, marhum Sh.R.ning turmush o`rtog`i L. B. uning mast holatda uyda ekanligini ko`rib, janjallashmaslik uchun temir krovatga uning oyog`, qo`l va bo`yin qismidan qapron ip bilan bog`lagan. Shundan so`ng, uyida qarovsiz holda qolgan Sh.R. temir krovatdan turishga harakatlangan vaqtida bo`yin qismini siqilishi natijasida vafot etganligi aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 102-moddasi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilgan.






