AsosiyJamiyat

Koreyada to`satdan salomatligi yomonlashib, moliyaviy qiyin ahvolda qolgan surxondaryolik fuqaroga yordam ko`rsatildi

'Koreyada to`satdan salomatligi yomonlashib, moliyaviy qiyin ahvolda qolgan surxondaryolik fuqaroga yordam ko`rsatildi'ning rasmi

Tashqi mehnat migrasiyasi agentligi xabariga ko`ra, surxondaryolik U.M Koreya Respublikasiga E-9 vizasi bilan vaqtincha mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun boradi.

Kongju shahridagi “NC ONE CO.LTD” korxonasida ishlayotgan vaqtda salomatligi yomonlashib, shifoxonaga yotqiziladi. U erda U.M ning oshqozoni operasiya qilinadi.

Murakkab jarrohlik operasiyadan so`ng moliyaviy qiyin ahvolda qolgan fuqaroga Jamg`arma hisobidan 1 500 000 von (taxminan 1350 AQSh dollari) miqdorida shifoxona xarajatlari uchun Agentlikning Kvangju shahridagi vakolatxonasi tomonidan moliyaviy yordam ko`rsatildi.

    Boshqa yangiliklar