AsosiyJamiyat

"Air Astana" Almati-Samarqand-Almati yo`nalishida ilk qatnovni amalga oshirdi

'"Air Astana" Almati-Samarqand-Almati yo`nalishida ilk qatnovni amalga oshirdi'ning rasmi

9 iyun kuni Qozog`istonning «Air Astana» aviakompaniyasi Almati-Samarqand-Almati yo`nalishida Samarqandga ilk qatnovni amalga oshirdi.  Bu haqda viloyat hokimligi Matbuot xizmati ma`lum qildi.

Shu munosabat bilan tashkil etilgan tadbirda Qozog`istonning Samarqanddagi bosh konsulxonasi va «Air Astana» aviakompaniyasi vakillari, Qozog`istonning Samarqanddagi konsuli Arsen Abduraxmanov, viloyat hokimi o`rinbosari, viloyat turizm va sport boshqarmasi boshlig`i B.Nurillaev, hamda boshqa mas`ullar ishtirok etishdi.

Ma`lumot uchun, joriy yilning 8 iyun kuni «Uzbekistan Airways» AJ tomonidan «Samarqand – Almati – Samarqand» yo`nalishida yo`lga qo`yilgan aviaqatnovning birinchisi amalga oshirilgan edi. Milliy aviakompaniya tomonidan Qozog`istonga haftaning har seshanba va shanba kunlari parvoz amalga oshirilmoqda. «Air Astana» aviakompaniyasi esa haftaning har chorshanba va yakshanba kunlari o`z reyslarini amalga oshirishni rejalashtirgan.

Uchish vaqti: Samarqanddan Olmaotaga 1 soat 55 minut, Olmaotadan Samarqandga esa 1 soat 35 minut.

    Boshqa yangiliklar