Ushbu savolga Sog`liqni saqlash vazirligi Virusologiya ilmiy-tekshirish institutining yuqumli kasalliklar shifokori Sohiba Utegenova quyidagicha javob berdi.
" – Darhaqiqat, ZF-UZ-VAC2001 o`zbek-xitoy vaksinasining klinik sinovlari hali davom etmoqda. Faqat, 60 yoshdan yuqori ko`ngilli fuqarolarni Xalqaro klinik sinovlardan o`tkazishga taklif qilmoqdamiz.
Hozirda qabulimizga kelgan aholini BEPUL to`liq tekshiruvlardan o`tkazmoqdamiz. Deylik, koronavirusga antitanachalar borligini bilish uchun klinikada ma`lum bir summa to`lanadi. Bizda esa bu jarayon tekin.
O`ylaymanki, har bir inson o`zi uchun virusga nisbatan organizmda antitanachalarning holatini bilsa, ko`ngli hotirjam bo`lardi.
Xabaringiz bo`lsa, klinik sinovlarda vaksina olgan ko`ngilli fuqaroga 3-bosqich emlanish davomida 100 AQSh dollari miqdorida pul beriladi. Lekin bunday holat ko`pchilikni ko`ngliga shubha solayotgan ekan. Demak, vaksina sog`lig`imizga yomon ta`sir qiladi, shunga oldindan pul taklif qilishmoqda va hakazo.
Butun dunyo miqyosida koronavirusga qarish vaksina olgan ko`ngilli fuqarolarga moddiy mablag` ajratildi. Xuddi shunday bizda ham.
Quvonarlisi, ZF-UZ-VAC2001 o`zbek-xitoy vaksinasi ommaviy emlash jarayonlarida va klinik sinovlardan muvaffaqiyatli o`tmoqda.
Shu sababli bu borada yanglish fikrga borish noo`rin.
ZF-UZ-VAC2001 o`zbek-xitoy vaksinasining klinik sinovlari bir nechta poliklinikalarda o`tkazilmoqda.
Shulardan:
- Toshkent shahri, Said Baraka, 10, Ichki ishlar markaziy poliklinikasi
- Toshkent shahri, Yakkasaroy tumani, IIBB poliklinikasi
- Toshkent shahri, Buyuk Ipak Yuli, Toshkent viloyati, Ichki ishlar poliklinikasi 231 uy.
- Qora- qamish 2 ko`chasi, 1-uy, 15-poliklniika.
60 yoshga to`lgan va undan yuqori bo`lgan fuqarolar o`zlariga yaqin bo`lgan, yuqoridagi poliklinikalarga murojaat etishlari mumkin.
Yuqoridagilarni e`tirof etgan holda, Xitoy va O`zbekiston olimlarimiz tomonidan yaratilgan ZF-UZ-VAC2001 vaksinaning xavfsizligi va samaradorligini 60 yosh va undan yuqori bo`lgan fuqarolarni Xalqaro klinik - sinovni nihoyasiga etkazishga, ya`ni vaksinadan so`ng himoya immunitetning davriyligini (18-59 yosh va 60 yoshdan oshgan Covid- 19 bilan og`rimagan "steril" immunitetli fuqarolarda) dalillar asosida ko`rsatib berishda, vatanimizda "pandemiya" tugashida o`z hissalaringizni qo`shish uchun taklif etib qolamiz", –





