Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Karmana tuman bo`limi tomonidan fuqarolarning huquq va manfaatlarini himoya qilish yuzasidan tergovga qadar tekshiruv o`tkazildi.
Unda “N.A.” xususiy korxonasi rahbari A.I. va operatori P.M.lar “Paynet” shahobchasi orqali kommunal to`lovlar uchun aholidan qabul qilingan to`lovlarni abonentning hisob raqamiga o`tkazmasdan, ularga to`lov amalga oshirilganligi haqida kvitansiyalarni taqdim qilishib, jami 244 nafar fuqaroning 39,8 mln so`m pullarini qo`lga kiritganliklari aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda.






