AsosiyJinoyat

Farg`onada fuqaroni chet elga o`qishga kiritib qo`ymoqchi bo`lgan firibgar qo`lga olindi

'Farg`onada fuqaroni chet elga o`qishga kiritib qo`ymoqchi bo`lgan firibgar qo`lga olindi'ning rasmi

O`zbekiston tumanida fuqaroni Qirg`iziston Respublikasi O`sh davlat universitetiga o`qishga kiritib qo`ymoqchi bo`lgan firibgar ushlandi. Bu haqda Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar berdi. 

Ma`lum bo`lishicha, Bosh prokuratura huzuridagi Departament hamda DXXning O`zbekiston tumani bo`limlari tomonidan IIB xodimlari bilan hamkorlikda o`tkazgan tezkor tadbirda, fuqaro Sh.G`. boshqa bir fuqaro S.ning ishonchiga kirib, uni Qirg`iziston Respublikasi O`sh davlat universitetiga o`qishga kiritib qo`yish evaziga 600 AQSh dollarini firibgarlik yo`li bilan olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda.

Boshqa yangiliklar