AsosiyJamiyat

Rasman: xonanda Jasur Umirovga tayinlangan jazo o`zgartirildi

'Rasman: xonanda Jasur Umirovga tayinlangan jazo o`zgartirildi'ning rasmi

Sal avval xonanda Jasur Umirovning qamoqdan chiqqani haqida ijtimoiy tarmoqlarda videolar tarqalgani haqida xabar bergan edik.

O`zbekiston Respublikasi IIV JIED Axborot xizmatining xabar berishicha, J.Umirovning jazosi engillashtirilgan.

Ma`lum qilinishicha, joriy yilning 8 iyun kunidagi O`zbekiston Respublikasi Oliy sudining kassasiya instansiyasining ajrimiga asosan Umirov Jasur Uvaydullaevich O`zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 57-moddasini qo`llagan holda, shuningdek jabrlanuvchi va uning qonuniy vakilining unga nisbatan da`vosi yo`qligini inobatga olgan holda, J.Umirovga nisbatan chiqarilgan "ozodlikdan mahrum qilish" jazosi "ozodlikni cheklash" jazosiga o`zgartirilgan.  

2021 yil 09 iyun kuni yuqoridagilarga asoslanib, J.Umirov jazoni ijro etish koloniyasidan ozod qilindi.  

Boshqa yangiliklar