Keyingi paytlarda ijtimoiy tarmoqlarda iste`mol qilingan tabiiy gaz to`lovlarni o`z vaqtida amalga oshirmaslik oqibatida yuzaga kelgan qarzdorlik uchun elektron gaz hisoblagichlarning avtomatik tarzda o`chib qolishi masalasi keng muhokama qilinmoqda. Ayrim iste`molchilar tomonidan ushbu «aqlli» gaz hisoblagichlar noreal qarzdorlik va penya uchun o`chirib qo`yilmoqda mazmunidagi murojaat hamda izohlar qoldirilmoqda. Xususan, O`zbekiston iste`molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federasiyasiga ham noreal qarzdorlik bilan bog`liq ko`plab murojaatlar kelibtushmoqda.
Namangan viloyati Namangan shahrida yashovchi fuqaro Y.A. o`z murojaatida xonadoni tabiiy gaz ta`minotidan 860.000 so`m qarzdorlik mavjudligi sababli tarmoqdan uzib qo`yilganligi, iste`molchi bir necha marotaba mutasaddilarga murojaat qilgan bo`lsada, hech qanday o`zgarish bo`lmaganini aytib o`tgan.
Yana bir murojaatchi To`raqo`rg`onlik Nodira Akramovaning xonadoniga tuman gaz ta`minoti korxonasidan tabiiy gaz uchun 907.000 so`m qarzdorlik borligi haqida ma`lumot kelgan. Fuqaro esa bundan norozi bo`lgan. Boisi har oygi to`lovlarni o`z vaqtida to`lab kelgan. Iste`molchi tuman gaz ta`minotiga qatnayverib kovushi emirilgan.
Shuningdek, Xorazm viloyati Ellikqal`a tumani Maxtumquli ko`chasida ijarada turuvchi fuqaro A.N dan murojaat kelib tushgan. Mazkur murojaatda ham iste`molchi gaz ta`minoti korxonasi tomonidan 2.800.000 so`m noreal qarzdorlik bo`yicha ma`lumot kelagan. qarzdorlik mavjud deyishgan. Murojaat o`rganilganda esa, iste`molchining 630.000 so`m qarzzi borligi, 2.170.000 so`m ortiqcha hisoblangani aniqlandi.
Bundan tashqari, Jizzax viloyati Do`stlik tumanida yashovchi fuqaro M.Anorova tomonidan ham xuddi shu mazmundagi murojaat kelib tushadi. Unga ko`ra iste`molchiga 2 572 000 so`m nreal qarzdorlik borligi to`g`risida xabar kelgan.
Mazkur murojaatlar o`rganilishi natijasida iste`molchilar foydasiga qariyb 6.500.000 (olti million besh yuz ming) so`m mablag` undirib berilishiga erishildi.
O`zbekiston iste`molchilar huquqlarini himoya qilish
jamiyatlari federasiyasi Matbuot xizmati






