AsosiyJamiyat

“Barqaror rivojlanish maqsadlariga erishishda parlamentlararo global hamkorlik” mavzusida xalqaro forum o`tkaziladi

'“Barqaror rivojlanish maqsadlariga erishishda parlamentlararo global hamkorlik” mavzusida xalqaro forum o`tkaziladi'ning rasmi

23-24 iyun kunlari dunyo tarixida ilk marotaba Buxoro shahrida “Barqaror rivojlanish maqsadlariga erishishda parlamentlararo global hamkorlik” mavzusida xalqaro forum bo`lib o`tadi. Bu haqda O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Axborot xizmati ma`lum qildi.

Xabarga ko`ra, milliy, xorijiy parlamentlar, xalqaro va parlamentlararo tashkilotlar, yoshlar parlamentlari, fuqarolik jamiyati institutlari hamda davlat muassasalarining 500 dan ortiq vakillari ishtirok etadi.

Forumda yurtimizda barqaror rivojlanish maqsadlariga erishishda parlamentlararo hamkorlik aloqalarini kengaytirish, barqaror rivojlanish sohasidagi milliy maqsad va vazifalarni amalga oshirishda qonunchilikni takomillashtirish, parlament nazorati mexanizmlarini kuchaytirish masalalari muhokama qilinadi.

Qolaversa, Barqaror rivojlanish maqsadlariga erishishda parlamentlararo global hamkorlik bo`yicha Buxoro deklarasiyasi qabul qilinadi.

    Boshqa yangiliklar