AsosiyJamiyat

Jizzaxda me`yordan ortiq yuk sabab postdan o`tkazilmagan yuk mashina haydovchilari avtomobil yo`lini to`sib qo`ydi(video)

'Jizzaxda me`yordan ortiq yuk sabab postdan o`tkazilmagan yuk mashina haydovchilari avtomobil yo`lini to`sib qo`ydi(video)'ning rasmi

Ijtimoiy tarmoqlarda Jizzax viloyati G`allaorol tumani hududidan o`tgan Toshkent – Termiz M-39 yo`lining “Zil” va “Gaz-53” rusumli yuk mashinalari tomonidan to`silishiga oid tasvirlar tarqaldi. 

Jizzax viloyati IIB axborot xizmatining ma`lum qilishicha, voqea 4 iyun kuni tonggi 6.15 larda G`allaoroldagi "Sangzor 15" yo`l patrul xizmati maskani qarshisida sodir bo`lgan. 6 nafar yuk mashina haydovchilar yukxonasiga belgilanganidan ortiq hajmda xashak bog`lamlari ortgan. Yo`l harakati xavfsizligi xodimlarining qoidabuzarlik uchun ma`muriy bayonnomalar rasmiylashtirgani haydovchilarga ma`qul kelmagan. Ular postdan o`tolmasligini va qoidabuzarlik uchun jarimaga tortilishini sezganidan so`ng yo`l to`sishni amalga oshirgan.  

Ichki ishlar xodimlari tez fursatda yo`lni ochib avtomobillar harakatini tiklagan. Bu jarayonda haydovchilardan biri mas`ullarga qarshilik ko`rsatgan.  

Ularning ushbu harakatiga nisbatan ochiq sudda huquqiy baho berildi. Voqeada ishtirok etgan 5 nafar fuqaroga 10 sutka qamoq jazosi, 1 nafar fuqaroga esa 12 sutka qamoq jazosi belgilandi. 

Yuk mashinalari jarima maydoniga joylashtirildi.

    Boshqa yangiliklar