AsosiyJamiyat

Bugun O`zbekistonda o`rtacha issiqlik saqlanib turadi, ayrim hududlarda changli bo`ron bo`lishi mumkin

'Bugun O`zbekistonda o`rtacha issiqlik saqlanib turadi, ayrim hududlarda changli bo`ron bo`lishi mumkin'ning rasmi

O`zbekiston Gidrometeorologiya xizmati xabariga ko`ra, bugun, 11 iyunda kunduz kuni O`zbekistonda o`rtacha issiq ob-havo saqlanib turadi. Respublika bo`yicha yog`ingarchilik kutilmaydi, faqat kunning ikkinchi yarmida Andijon, Namangan, Farg`ona viloyatlarida ba`zi joylarda qisqa muddatli yomg`ir yog`ishi, momaqaldiroq bo`lishi mumkin. Shamol ba`zi joylarda changli bo`ron bilan 17-22 m/s gacha kuchayishi mumkin. Havo harorati iqlimiy me`yorlarga yaqinlashadi va 32-37° atrofida Surxondaryo viloyatida ba`zi joylarda 41-43° gacha bo`ladi.

Poytaxtimizda havo o`zgarib turadi,yog`ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Havo 34-36° gacha isiydi.

Respublikaning tog` oldi va tog`li hududlarida ba`zi joylarda qisqa muddatli yomg`ir yog`ishi, momaqaldiroq bo`lishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba`zi joylarda 17-22 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 22-27° bo`ladi.

    Boshqa yangiliklar