AsosiyJamiyat

Toshkentda qizil chiroqda to`xtab turgan yuk mashinaga borib urilgan "Lacetti" haydovchisi shifoxonada vafot etdi

'Toshkentda qizil chiroqda to`xtab turgan  yuk mashinaga borib urilgan "Lacetti" haydovchisi shifoxonada vafot etdi'ning rasmi

Poytaxtda "Lacetti" avtomobili qizil chiroqda to`xtab turgan yuk avtomobilining orqa tomoniga urildi. Ushbu hodisa yuzasidan IIV YHXBB Axborot xizmati ma`lumotlar taqdim etdi.   

Aniqlanishicha, kecha, 10 iyun kuni soat 22:00 larda, Toshkent shahar, Chilonzor tumani, KXAY hamda Do`mbirobod ko`chalari kesishgan chorrahada haydovchi, 1983 yilda tug`ilgan F.E. "Lacetti" rusumli avtomobilni boshqarayotib o`zidan oldinda, svetoforning qizil chirog`ida to`xtab turgan haydovchi, 1976 yilda tug`ilgan A.T. boshqaruvidagi "Mercedes-Benz" rusumli yuk avtomobilining orqa tomoniga urilib YTH sodir etgan.

Natijada, "Lacetti" rusumli avtomobil haydovchisi F.E. olgan tan jarohatlari bilan shifoxonada vafot etgan.

Mazkur YTH yuzasidan Toshkent shahar IIBB huzuridagi TB tomonidan dastlabki tergovoldi surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.  

 

    Boshqa yangiliklar