AsosiyJinoyat

Surxondaryolik haydovchi "siri"ni rasmiylashtirmaslik uchun YPX inspektoriga pora berayotganda qo`lga tushdi

'Surxondaryolik haydovchi "siri"ni rasmiylashtirmaslik uchun YPX inspektoriga pora berayotganda qo`lga tushdi'ning rasmi

Surxondaryo viloyati IIB YHXB YPX katta inspektori O`.Berdiev 2021 yil 10 iyun kuni Jarqo`rg`on tumanida fuqaro B.Sh. boshqaruvidagi “GAZ-53” rusumli transport vositasini yuk tashish qoidalarini buzib harakatlanib kelganligi bois to`xtatadi. 

IIV Yo`l harakati xavfsizligi bosh boshqarmasining ma`lum qilishicha, inspektor haydovchining tegishli hujjatlarini tekshirib ko`rgan vaqtda, transport vositasiga o`rnatilgan davlat raqam belgisi aslida avtobusga tegishli ekanligini aniqlagan. 

Shu sababli, haydovchiga nisbatan ma`muriy bayonnoma rasmiylashtirib, transport vositasini vaqtinchalik saqlash uchun jarima maydoniga joylashtirgan. Mazkur holatda, haydovchi B.Sh. inspektorning yoniga kelib, unga nisbatan tuzilgan ma`muriy bayonnomani engilroq qilib, transport vositasini jarima maydonidan chiqarib berishi evaziga  1 000 000 (bir million) so`m pul berishni pora tariqasida taklif qilgan. YPX inspektori pora taklif qilgan haydovchiga nisbatan tegishli tartibda chora ko`rishni so`rab, Surxondaryo viloyati IIB boshlig`i nomiga bildirgi bilan murojaat qilgan.

Shu kunning o`zida huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlari hamkorligida tezkor tadbir o`tkazilib, fuqaro B.Sh. YPX xodimiga 940.000 (to`qqiz yuz qirq ming) so`m miqdordagi pullarni pora tariqasida berayotgan vaqtda qo`lga olingan.

 

    Boshqa yangiliklar