Bu haqda 2021 yil 11 iyun kuni O`zbekiston Elektron ommaviy axborot vositalari milliy assosiasiyasi tomonidan "Er resurslaridan oqilona foydalanish, uni muhofaza qilish va sohada qonuniylikni mustahkamlash - dolzarba vazifa" mavzusida Ochiq muloqotda ma`lum qilindi.
O`zbekiston Respublikasi Prezidentining “Er munosabatlarida tenglik va shaffoflikni ta`minlash, erga bo`lgan huquqlarni ishonchli himoya qilish va ularni bozor aktiviga aylantirish chora-tadbirlari to`g`risida”gi Farmoniga ko`ra, noqishloq erlarni shaffof ajratish tartiblari belgilandi.
Quyidagi tartiblarga muvofiq,
–hokim qarori asosida erlarni to`g`ridan to`g`ri va tekinga berish amaliyotini butunlay bekor qilish;
– O`zbekiston fuqarolari va yuridik shaxslariga – xususiy mulk qilib sotish, xususiylashtirish mumkin bo`lmagan erlarni hamda xorijiy shaxslarga – ijara huquqini elektron auksionda sotish;
– ayrim toifadagi shaxslarga (harbiylar, kam ta`minlangan oilalar, turar joyi buzilishga tushganlar) erlarni to`g`ridan to`g`ri va bepul berish o`rniga auksiondan er sotib olish xarajatlarini qoplab berish tizimini joriy etish;
– jismoniy va yuridik shaxslar ixtiyorida bo`lgan erlarni haq evaziga xususiylashtirish;
– eng yaxshi taklifni tanlash (“swiss challenge”) orqali kamida 10 mln. AQSh dollari miqdoridagi yirik investisiya loyihasi tashabbuskoriga Hukumat qarori bilan ijaraga er berish (bunda investor loyiha summasining kamida 10 foizini oldindan depozitga qo`yishi lozimligi) nazarda tutilmoqda.






