Sirdaryo viloyati bojxona boshqarmasi Kontrabandaga qarshi kurashish va bojxona auditi bo`limi tezkor xodimlari tomonidan oldindan olingan tezkor ma`lumotlarga asosan, DXX va Milliy Gvardiya tezkor xodimlari bilan hamkorlikda Guliston shahri hududida tibbiy dori-vositalarining noqonuniy aylanmasiga qarshi tezkor tadbir o`tkazildi.
Tadbir davomida, oldindan kuzatuvga olingan O`zbekiston fuqarosi R.N boshqaruvidagi «Neksiya-2» rusumli avtotransport vositasi Guliston shahri hududiga kelib to`xtagan vaqtida, tadbir ishtirokchilari tomonidan avtotransport vositasi ko`zdan kechirildi.
Natijada, avtomashinada xorijda ishlab chiqarilgan, sifati kafolatlanmagan, umumiy qiymati 32 million so`mlik, elim idishlarda 178 250 dona «Valeriana» nomli dori vositalari borligi aniqlanib, ashyoviy dalil sifatida olindi.
Hozirda mazkur holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.






