AsosiyJamiyat

Tuman hokimlarining er ajratish bo`yicha vakolatini to`liq bekor qilindi

'Tuman hokimlarining er ajratish bo`yicha vakolatini to`liq bekor qilindi'ning rasmi

Bu haqda 2021 yil 11 iyun kuni O`zbekiston Elektron ommaviy axborot vositalari milliy assosiasiyasi tomonidan "Er resurslaridan oqilona foydalanish, uni muhofaza qilish va sohada qonuniylikni mustahkamlash - dolzarba vazifa" mavzusida Ochiq muloqotda ma`lum qilindi.

O`zbekiston Respublikasi Prezidentining “Er munosabatlarida tenglik va shaffoflikni ta`minlash, erga bo`lgan huquqlarni ishonchli himoya qilish va ularni bozor aktiviga aylantirish chora-tadbirlari to`g`risida”gi Farmoniga ko`ra,  qishloq xo`jaligi erlarini ajratishda yangi tartib joriy etildi. 

Xususan:

– erni barcha fuqaro va tashkilotlarga ochiq tanlov asosida berish (amalda MChJ, dehqon xo`jaliklariga tanlovsiz beriladi);

– tanlovsiz er berish faqat Hukumat qarori asosida quyidagi hollarda amalga oshiriladi;

–eng yaxshi taklifni tanlash (“swiss challenge”) orqali aniqlangan yirik investisiya loyihasi tashabbuskoriga – loyiha qiymati kamida 10 mln. AQSh dollar bo`lganda va oldindan kamida 10 foizini depozitga qo`yganda (bunda chet elliklarga ijara muddati 25 yildan oshmasligi lozimligi belgilanmoqda);

– bog`dorchilik, polizchilik va uzumchilik shirkatlari tuzish, yordamchi qishloq xo`jaligi yuritish uchun er berish tartibini bekor qilish;

– yangi ajratiladigan qishloq xo`jaligi er maydoni o`lchami va ijara muddatini bugungi kun talablari asosida belgilash ko`zda tutilgan.

Shuningdek, er ajratish va undan foydalanishda nazorat kuchaytirilmoqda.

– tuman hokimlarining er ajratish bo`yicha vakolatini to`liq bekor qilindi (erni biriktirish, farmoyish chiqarish, erni ko`chirish);

– qishloq xo`jaligi eri ijarasi bo`yicha ochiq tanlov yakunini viloyat hokimi qarori bilan tasdiqlanadi, ijara shartnomasini (tuman hokimligi va g`olib o`rtasida) elektron shaklda tuziladi;

– hokim qarorlarini “e-qaror” axborot tizimida shakllantiriladi;

– erning joylashuv xaritasini “Innola” va “ArsGIS” dasturlarida shakllantiriladi, 

– erga bo`lgan huquqni avtomatik tarzda kadastr ro`yxatidan o`tkaziladi;

– viloyat hokimining er bo`yicha qarorlarini adliya boshqarmasida huquqiy ekspertizadan o`tkazadi;

– hokimning ayni bir qarori bilan yoki bir vaqtning o`zida  er uchastkasini olib qo`yish va boshqa shaxsga ajratishni taqiqlanadi;

– erga oid huquqbuzarliklarni aniqlash, hujjatlarni to`plash va ko`rib chiqish jarayonini “E-YERNAZORAT” axborot tizimi orqali yuritiladi;

– kadastr, prokuratura, adliya organlari va hokimliklar tomonidan er ajratish ustidan davlat nazorati amalga oshiriladi;

– er sohasidagi huquqbuzarlik haqida xabar bergan shaxslarni moddiy rag`batlantiriladi.

 

 

    Boshqa yangiliklar