AsosiyJamiyat

Maktablar va liseylar reyting ko`rsatkichlarini hisoblash qaysi tamoyillar asosida amalga oshiriladi?

'Maktablar va liseylar reyting ko`rsatkichlarini hisoblash qaysi tamoyillar asosida amalga oshiriladi?'ning rasmi

U️shbu savolga ayni daqiqalarda AOKAda maktablar va akademik liseylar reytingini aniqlashdagi yangiliklarga bag`ishlangan matbuot anjumanida javob berildi. Bu haqda matbuot anjumanida ishtirok etayotgan darakchi.uz muxbiri xabar berdi.

 Umumta`lim maktablarida:

➖ reytingda ishtirok etayotgan barcha umumiy o`rta ta`lim muassasalarining ballari har bir mezon bo`yicha alohida hisoblanadi;

➖ tegishli mezon bo`yicha eng yuqori natijaga ega bo`lgan umumiy o`rta ta`lim muassasasiga mazkur mezon uchun belgilangan eng ko`p ball beriladi;

➖ qolgan barcha umumiy o`rta ta`lim muassasalarining ballari eng yuqori ballga ega bo`lgan umumiy o`rta ta`lim muassasasining ballari yig`indisiga nisbatan hisoblab chiqariladi;

➖ har bir mezon bo`yicha hisoblangan ballar yig`indisi asosida umumiy o`rta ta`lim muassasasining reytingi belgilanadi.

Akademik liseylar:

▪️o`qishga kirish uchun hujjat topshirgan talabgorlar sonining belgilangan qabul parametriga nisbati (raqobat ko`rsatkichi);

▪️oliy ta`lim muassasalariga qabul qilingan o`quvchilar ulushi;

▪️reyting aniqlangan yilda nufuzli xalqaro va respublika fan olimpiadalari, sport musobaqalarida g`olib bo`lgan (sovrinli o`rinlarni qo`lga kiritgan) o`quvchilar ulushi;

▪️chet tili va fanlarni bilish darajasi to`g`risida milliy yoki xalqaro sertifikatga ega bo`lgan o`quvchilar ulushi;

▪️ilmiy darajali, chet tili va fanlarni bilish darajasi to`g`risida milliy yoki xalqaro sertifikatga ega bo`lgan asosiy shtatdagi pedagoglar ulushi;

▪️xorijiy pedagoglar, shuningdek, xalqaro e`tirof etilgan tashkilotlar reytinglarida birinchi 1 000 talikka kirgan OTM diplomlariga ega bo`lgan mahalliy pedagoglar ulushi;

▪️akademik liseydagi ma`naviy-ma`rifiy va o`quv tarbiyaviy muhit (O`zbekiston Respublikasi Prezidenti ilgari surgan besh tashabbus doirasida qilingan ishlar asosida) kabi ko`rsatkichlar asosida aniqlanadi.

️Umumiy o`rta ta`lim muassasalari reytingi Prezident maktablari hamda imkoniyati cheklangan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan davlat ta`lim muassasalariga nisbatan, akademik liseylar reytingiga esa «Temurbeklar maktabi» harbiy-akademik liseylari va boshqa harbiylashtirilgan akademik liseylarga nisbatan TATBIQ ETILMAYDI!

 

    Boshqa yangiliklar