Bu haqda 2021 yil 11 iyun kuni O`zbekiston Elektron ommaviy axborot vositalari milliy assosiasiyasi tomonidan "Er resurslaridan oqilona foydalanish, uni muhofaza qilish va sohada qonuniylikni mustahkamlash - dolzarba vazifa" mavzusida Ochiq muloqotda ma`lum qilindi.
O`zbekiston Respublikasi Prezidentining “Er munosabatlarida tenglik va shaffoflikni ta`minlash, erga bo`lgan huquqlarni ishonchli himoya qilish va ularni bozor aktiviga aylantirish chora-tadbirlari to`g`risida”gi Farmoniga ko`ra, er sohasidagi huquqbuzarliklar uchun javobgarlik keskin kuchaytirildi.
Xususan:
– noqonuniy egallangan erlar to`g`risida xabar bermaslik, ularda qurilgan imoratlarni kommunikasiya tarmoqlariga ulab berganlik uchun yangi ma`muriy javobgarlik kiritildi;
– sug`oriladigan erlarda o`zboshimchalik bilan qurilish qilgan shaxslarni to`g`ridan-to`g`ri jinoiy javobgarlikka tortiladi (amalda javobgarlik ma`muriydan keyin belgilangan);
– er sohasida barcha ma`muriy jarimalarni tayinlash vakolatini kadastr organlariga o`tkaziladi;
– erni noqonuniy sotganlik uchun yangi jinoiy javobgarlik kiritildi.
Xulosa qilib aytganda, mazkur o`zgartirishlardan quyidagi natijalar kutilmoqda.
– erlarni talon-taroj qilish, o`zboshimchalik bilan egallash, noqonuniy sotish keskin kamayadi;
– erlar barcha uchun bir xil va shaffof tartibda ajratiladi;
– er bozor aktiviga aylanadi va moliyaviy oborotga kiradi;
– er ajratish tartibi yagona hujjat – Er kodeksida belgilanadi;
– er sohasida davlat va jamoatchilik nazoratining samaradorligi ortadi.






