AsosiyJinoyat

Navoiy viloyatining ikkita hududida er sotish bilan bog`liq firibgarlik holatlari aniqlandi

'Navoiy viloyatining ikkita hududida er sotish bilan bog`liq firibgarlik holatlari aniqlandi'ning rasmi

Bosh prokuratura huzuridagi Departament hamda DXXning Navoiy viloyati boshqarmalari tomonidan tezkor tadbir o`tkazildi.

Unda, Navoiy shaharda istiqomat qiluvchi fuqaro Sh.E. boshqa bir fuqaro J.ning ishonchiga kirib, unga 20 000 AQSh dollari evaziga tanishlari orqali Konimex tumani hududida tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish uchun 1 gektar er maydoni olib berishni va`da qilib, oldindan 1 000 AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Xuddi shunday, Navbahor tumanidagi “Sh.S.” fermer xo`jaligi rahbari M.Sh. fuqaro B.ga xo`jalikka tegishli bo`lgan 6 gektar er maydonini 90 mln so`m evaziga tanishlari orqali uning nomiga o`tkazib berishni  va`da qilib,  shundan 50 mln so`mni olgan vaqtida Departament hamda DXX xodimlari tomonidan qo`lga olingan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishlari qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda.

Ma`lumot o`rnida:

O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 8 iyundagi “Er munosabatlarida tenglik va shaffoflikni ta`minlash, erga bo`lgan huquqlarni ishonchli himoya qilish va ularni bozor aktiviga aylantirish chora-tadbirlari to`g`risida”gi PF-6243-son Farmoniga (http://lex.uz/pdfs/5450176) asosan qishloq xo`jaligiga mo`ljallangan erlar ochiq elektron tanlov yakunlariga ko`ra, faqat ijara huquqi asosida ajratiladi, qishloq xo`jaligiga mo`ljallanmagan erlar mulk huquqi va ijara huquqi asosida elektron onlayn-auksion orqali realizasiya qilinadi.

    Boshqa yangiliklar