Bu haqda Sog`liqni saqlash vazirligi va Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmatining “O`zbekistonda SOVID-19 qarshi kurash doirasida amalga oshirilayotgan tadbirlar, emlash jarayonidagi muhim vazifalari” mavzusida o`tkazilayotgan matbuot anjumanida aytib o`tildi.
Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati boshlig`i o`rinbosari Nurmat Atabekovning ta`kidlanishicha, Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati tomonidan mavsum boshidan boshlab bugungi kunga qadar 9 553 247 ta PZR-test sinovlari o`tkazildi. PZR-test tahlili natijasi musbat chiqqan taqdirda Sog`liqni saqlash vazirligi va Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati bilan birgalikda davolash ishlari tashkil etilmoqda.






