Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Namangan viloyat boshqarmasi tomonidan tezkor tadbir o`tkazildi.
Unda, Pop tumani elektr tarmoqlari korxonasi xodimi F.M. fuqaro Sh.ning xonadoniga yangi elektr hisoblagich o`rnatib qo`yganligi hamda elektr tarmog`iga qayta ulanish to`lovi bilan dastlab 2,1 mln so`m, keyinchalik 4,7 mln so`m qarzdorlik vujudga kelganligini aytib, ushbu qarzdorlikni yo`q qilib berish hamda yangi abonent daftarchasini ochib berish evaziga 2,5 mln so`mni firibgarlik yo`li bilan olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda.






