AsosiyJamiyat

O`zbekistonda emlash jarayonida necha nafar shifokor qatnashyapti?

'O`zbekistonda emlash jarayonida necha nafar shifokor qatnashyapti?'ning rasmi

Sog`liqni saqlash vazirligi va Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmatining “O`zbekistonda SOVID-19 qarshi kurash doirasida qilinayotgan ishlar, emlash jarayonidagi muhim vazifalar” mavzusiga bag`ishlangan matbuot anjumani davom etmoqda.

Unda aytilishicha, GAVI (Global Alliance on Vaaccination and Immunization) xalqaro tashkilotining “Sog`liqni saqlash tizimini mustahkamlash” dasturi doirasida 17 ta avtorefrijerator, 206 ta yuk tashuvchi miniven, 16 ta engil avtotransport vositalari qabul qilinib, emlash jarayonida faol ishlatilmoqda.

Emlash jarayonida qatnashayotgan 4356 nafar shifokor hamda 11539 nafar o`rta tibbiyot xodimi “Xavfsiz immunizasiya” dasturi bo`yicha o`qitilgan.  

COVID-19ga qarshi vaksinalarni qo`llash bo`yicha 10 million nusxa targ`ibot materiallari o`zbek, rus va qoraqalpoq tillarida chop etilib, ulardan hozirda  tibbiyot xodimlari va aholi foydalanmoqda.

    Boshqa yangiliklar