AsosiyJamiyat

Toshkentda 2 ta avtobus yo`nalishi uzaytirilib, bitta yo`nalishdagi avtobuslar soni ko`paytirilmoqda

'Toshkentda 2 ta avtobus yo`nalishi uzaytirilib, bitta yo`nalishdagi avtobuslar soni ko`paytirilmoqda'ning rasmi

106- va 184-sonli avtobus yo`nalishlari harakati uzaytiriladi hamda 183-sonli yo`nalishdagi avtobuslar soni ko`paytiriladi. Bu haqda "Toshshahartransxizmat" AJ Axborot xizmati xabar berdi. 

Keltirilishicha, Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 16 martdagi "Toshkent shahar yo`lovchi transporti tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to`g`risida"gi 157-sonli qarori talablaridan kelib chiqqan holda hamda aholidan kelib tushgan murojaatlarni inobatga olgan holda, shuningdek, yo`nalishlar tarmog`ini tartibga solish va maqbullashtirish maqsadida, 2021 yil 14 iyundan boshlab:

- 106-sonli “Xo`ja mahallasi - Saodat savdo markazi” avtobus yo`nalishining harakati “Xo`ja mahallasi” so`nggi bekatidan O`qituvchi, Milliy bog` ko`chalari orqali “Uchxoz mahallasi” hududigacha uzaytiriladi va yo`nalishdagi avtobuslar soni 10 tadan 11 taga (+1) ko`paytiriladi;

- 184-sonli “Binokor qo`rg`oni - Sergeli 4-dahasi” avtobus yo`nalishining harakati Qipchoq ko`chasi, Fayzli mahallasi, THAY, Qumariq ko`chasi orqali “Mahalliy aeroport-3” so`nggi bekatigacha uzaytiriladi. Kelgusida yo`nalishdagi jadvallar soni yo`lovchilar oqimi shakllanishiga ko`ra ko`paytiriladi.  

- 183-sonli "Binokor qo`rg`oni - Qo`yliq dehqon bozori" yo`nalishidagi avtobuslar soni 4 tadan 5 taga (+1) ko`paytiriladi.

 

 

    Boshqa yangiliklar