AsosiyJamiyat

2 mingta oilaviy nodavlat bog`chalar faoliyati yo`lga qo`yiladi

'2 mingta oilaviy nodavlat bog`chalar faoliyati yo`lga qo`yiladi'ning rasmi

“Qamrov darajasi past bo`lgan tumanlarda maktabgacha ta`lim tashkilotlari tarmog`ini kengaytirish bo`yicha qo`shimcha chora-tadbirlar to`g`risida”gi Prezident qarori qabul qilindi  

Qarorga muvofiq, bolalarni maktabgacha ta`lim bilan qamrab olish darajasi past bo`lgan 53 ta tumanda 2021–2022 yillarda:

  •  2 mingta oilaviy nodavlat maktabgacha ta`lim tashkilotlari faoliyati yo`lga qo`yilib, buning hisobiga 50 ming nafar tarbiyalanuvchi uchun yangi o`rinlar yaratiladi;
  •  umumiy quvvati 11,2 ming o`rindan ziyod bo`lgan 100 ta davlat-xususiy sheriklik asosidagi nodavlat maktabgacha ta`lim tashkilotlari faoliyati yo`lga qo`yiladi;
  • quvvati 7,5 ming o`ringa teng bo`lgan 50 ta davlat maktabgacha ta`lim tashkiloti quriladi;
  • davlat va nodavlat maktabgacha ta`lim tashkilotlari tarmog`ini kengaytirish hisobiga ularning soni 20 mingtaga etkaziladi hamda 7,5 mingdan ortiq yangi ish o`rinlari yaratiladi.

 

Qarorga ko`ra, 2021 yil 1 iyuldan:

  • oilaviy nodavlat maktabgacha ta`lim tashkilotlariga mavjud quvvatiga qarab 50 nafargacha bolani tarbiyalashga hamda tarbiyalanuvchilar sonidan kelib chiqib 4 nafargacha tarbiyachi va yordamchilarni yollashga ruxsat beriladi;
  • oilaviy nodavlat maktabgacha ta`lim tashkilotlari tomonidan yollangan (Toshkent shahri, Nukus shahri va viloyatlar markazlarida – 2 nafargacha, boshqa hududlarda – 4 nafargacha) tarbiyachi va yordamchilarga tegishli toifa bo`yicha qisqa muddatli yoki 9 soatlik davlat maktabgacha ta`lim tashkilotlari uchun belgilangan mehnatga haq to`lash shartlarida va hajmlarda ish haqi to`lanadi;
  • oilaviy nodavlat maktabgacha ta`lim tashkilotlari hududiy maktabgacha ta`lim boshqarmalari orqali o`quv materiallari bilan bepul ta`minlanadi;
  •  2022 yil 1 yanvarga qadar oilaviy nodavlat maktabgacha ta`lim tashkilotlariga mebel, jihoz va asbob-uskunalarni sotib olish uchun 30 million so`mgacha miqdorda 3 yil muddatga 6 oylik imtiyozli davr bilan 5 foizli stavkada kreditlar ajratiladi.

    Boshqa yangiliklar