AsosiyJamiyat

Farg`onada bir necha yildan beri aliment pulini to`lamagan ayolga nisbatan chora ko`rildi

'Farg`onada bir necha yildan beri aliment pulini to`lamagan ayolga nisbatan chora ko`rildi'ning rasmi

Farg`ona viloyati Rishton tumanida 3 yildan beri aliment pulini to`lamagan ayol jarimaga tortildi. Bu haqda «Qonun va ijro» xabar berdi.

Ma`lum qiltnishicha, Z.I. ismli ayol 2018 yil 1 fevraldagi sud buyrug`iga asosan, uch nafar voyaga etmagan farzandining moddiy ta`minoti uchun aliment to`lashi belgilangan. Majburiy ijro byurosi tomonidan qarzdor ona Z.I. bir necha marotaba ogohlantirishlarga qaramay, 2019 yil noyabr oyidan 2021 yil aprel oyiga qadar jami 21 million 564  ming 72 so`m aliment pulini to`lamay kelgan.

Qayd etilishicha, ayolga nisbatan Ma`muriy javobgarlik to`g`risidagi kodeksning 33-moddasi qo`llanilib, ma`muriy qamoq jazosi o`rniga engilroq jazo tayinlangan. Ya`ni qarzdorga bazaviy hisoblash miqdorining 5 baravari miqdorida — 1 million 225 ming so`m jarima jazosi tayinlangan.

Boshqa yangiliklar