AsosiyJamiyat

O`zbekistonga Koreya polisiya agentligi bosh komissari tashrif buyuradi

'O`zbekistonga Koreya polisiya agentligi bosh komissari tashrif buyuradi'ning rasmi

O`zbekistonga 16–20 iyun kunlari Koreya polisiya agentligi bosh komissari keladi. Bu haqda Tashqi ishlar vazirligi axborot xizmati xabar berdi.

Ma`lum bo`lishicha, mamlakat elchixonasi ko`magida Koreya milliy polisiya agentligi, Ichki ishlar vazirligi va Milliy gvardiya xalqaro bo`linmalari rahbariyati o`rtasida videokonferensiya tashkil etilgan. Unda agentlik bosh komissari Kim Chang Yong boshchiligidagi delegasiyaning O`zbekistonga tashrifi masalalarini muhokama qilingan.

Tomonlar so`nggi yillarda ikki mamlakat huquq-tartibot idoralari o`rtasidagi aloqalarni faollashtirish yuqori darajada ekanini hamda hamkorlikni kengaytirishdan manfaatdor ekanini bildirgan.

Shuningdek, tashrif doirasida Koreya polisiya agentligi, Ichki ishlar vazirligi va Milliy gvardiya o`rtasida idoralararo hamkorlikni rivojlantirishga oid qator hujjatlarni imzolash rejalashtirilgan. Bundan tashqari, tomonlar o`rtasida 2021–2022 yillarga mo`ljallangan hamkorlikning uch tomonlama «yo`l xaritasi» imzolanishi kutilmoqda. Unda huquq-tartibot sohasidagi hamkorlikni yanada kuchaytirish bo`yicha aniq amaliy qadamlar belgilangan.

Boshqa yangiliklar