Toshkent va Nyu-York o`rtasida 3 avgustdan aviaqatnovlar soni ko`paytiriladi. Bu haqda «Uzbekistan Airways» AJ axborot xizmati xabar berdi.
Ma`lum qilinishicha, 3 avgustidan boshlab Toshkent–Nyu-York–Toshkent yo`nalishi bo`yicha qo`shimcha parvozlari yo`lga qo`yiladi. Bu yo`nalishda haftasiga uchta doimiy reys seshanba, payshanba va yakshanba kunlari amalga oshiriladi.






