AsosiyJamiyat

O`zbekistonda 13 iyun kuni qanday ob-havo kuzatiladi?

'O`zbekistonda 13 iyun kuni qanday ob-havo kuzatiladi?'ning rasmi

«O`zgidromet» xizmati 13 iyun, shanba kuni kuzatiladigan ob-havo ma`lumotini e`lon qildi.

Unga ko`ra, Toshkent shahrida havo bir oz bulutli bo`ladi, yog`ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 3–8 metr/sekund tezlikda esadi, kechga tomon 10–12 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 20–22 daraja, kunduzi 34–36 daraja issiq bo`ladi.

Qoraqalpog`iston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo bir oz bulutli bo`ladi, ba`zi joylarda o`zgarib turadi, yog`ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7–12 metr/sekund tezlikda esadi, ba`zi joylarda changli bo`ron bilan sekundiga 17–22 metrgacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 20–25 daraja, kunduzi 34–39 daraja issiq bo`ladi.

Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo bir oz bulutli bo`ladi, ba`zi joylarda o`zgarib turadi, yog`ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7–12 metr/sekund tezlikda esadi, ba`zi joylarda changli bo`ron bilan sekundiga 17–22 metrgacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 20–25 daraja, kunduzi 34–39 daraja issiq bo`ladi.

Toshkent, Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida havo bir oz bulutli bo`ladi, ba`zi joylarda o`zgarib turadi, yog`ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7–12 metr/sekund tezlikda esadi, ba`zi joylarda changli bo`ron bilan 17–22 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 18–23 daraja, kunduzi 33–38 daraja issiq bo`ladi.

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo bir oz bulutli bo`ladi, ba`zi joylarda o`zgarib turadi, yog`ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7–12 metr/sekund tezlikda esadi, ba`zi joylarda changli bo`ron bilan sekundiga 17–22 metrgacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 21–26 daraja, kunduzi 35–40 daraja issiq bo`ladi.

Andijon, Namangan va Farg`ona viloyatlarida havo bir oz bulutli bo`ladi, vaqti-vaqti bilan o`zgarib turadi, kunning ikkinchi yarmida ba`zi joylarda qisqa muddatli yomg`ir yog`ishi, momaqaldiroq bo`lishi mumkin. Shamol sharqdan 7–12 metr/sekund tezlikda esadi, ba`zi joylarda changli bo`ron bilan sekundiga 17–22 metrgacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 18–23 daraja, kunduzi 30–35 daraja issiq bo`ladi.

Respublikaning tog`li va tog`oldi hududlarida havo bir oz bulutli bo`ladi, ba`zi joylarda o`zgarib turadi, ba`zi joylarda qisqa muddatli yomg`ir yog`ishi, momaqaldiroq bo`lishi mumkin. Shamol sharqdan 7–12 metr/sekund tezlikda esadi, ba`zi joylarda changli bo`ron bilan sekundiga 17–22 metrgacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 11–16 daraja, kunduzi 22–27 daraja issiq bo`ladi.

 

Boshqa yangiliklar