AsosiyJamiyat

Andijonda o`g`lining fermer xo`jaligidagi erni sotmoqchi bo`lgan erkak qo`lga tushdi

'Andijonda o`g`lining fermer xo`jaligidagi  erni sotmoqchi bo`lgan erkak qo`lga tushdi'ning rasmi

Andijon viloyati Izboskan tumanida o`g`lining fermer xo`jaligidagi 10 sotix erni sotmoqchi bo`lgan erkak qo`lga olindi. Bu haqda Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti axborot xizmati xabar berdi.

Ma`lum bo`lishicha, Bosh prokuratura huzuridagi departament hamda Davlat xavfsizdik xizmatining Izboskan tumani bo`limlari tomonidan tezkor tadbir o`tkazilgan. Unda fuqaro I.Q. fuqaro Sh.ga o`g`li rahbarligidagi «B» fermer xo`jaligiga tegishli 0,10 gektar paxta ekin maydonini 6000 dollar evaziga sotayotgani aniqlangan. 

Ta`kidlanishicha, erkak erni kelgusida kadastr tizimida ishlovchi tanishlari orqali turar joy qurish uchun hujjatlarni rasmiylashtirib berishni va`da qilib, 5000 dollar olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan. 

Boshqa yangiliklar