AsosiyJamiyat

Namanganda 35 yoshli erkak uyida fohishaxona tashkil qilgani fosh bo`ldi

'Namanganda 35 yoshli erkak uyida fohishaxona tashkil qilgani fosh bo`ldi'ning rasmi

Namangan viloyati Yangiqo`rg`on tumanida 6 iyun kuni uyida fohishaxona saqlagan 35 yoshli erkak ushlandi. Bu haqda viloyati Ichki ishlar boshqarmasi axborot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, fuqaro xonadonida 2001 yilda tug`ilgan yigit va 1993 yilda tug`ilgan ayolga jinsiy aloqa qilishi uchun sharoit yaratib bergan. U buning uchun 50 ming so`m olgan.

Holat yuzasidan tergov bo`limi tomonidan Jinoyat kodeksining 131-moddasi (Qo`shmachilik qilish yoki fohishaxona saqlash) 1-qismi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilgan.

Boshqa yangiliklar