AsosiyJamiyat

Surxondaryoda "Damas" haydovchisi 17 yoshli o`smirning hayotiga zomin bo`ldi

'Surxondaryoda  "Damas" haydovchisi 17 yoshli o`smirning hayotiga zomin bo`ldi'ning rasmi

Surxondaryoda yo`lning qarama-qarshi tomoniga chiqib ketgan shaxs 17 yoshli o`smirni o`z uyi oldida urib ketdi. Bu haqda YHXBB xabar qildi

Ma`lum qilinishicha, 2021 yil 10 iyun kuni Denov tumani «Sebzor» mahallasidan o`tgan 4R-107 avtomobil yo`lining 2-kilometrida Damas haydovchisi quvib o`tish qoidasini buzib, yo`lning chap tomonida turgan 2004 yilda tug`ilgan fuqaroni o`zining yashash uyida urib yuborgan. Oqibatda jabrlanuvchi olgan tan jarohatlari tufayli shifoxonada vafot etgan.

Aniqlanishicha, Damas haydovchisi haydovchilik guvohnomasi olganiga hali 1 yil bo`lmagan. Biroq shu muddat ichida haydovchi 15 marotaba qoidabuzarlik sodir etishga ulgurgan.

YTH sabablari aholi vakillari bilan muhokama qilinganidan so`ng voqea sodir bo`lgan yo`lga tezlikni o`lchovchi moslama – radar o`rnatilishi ma`lum qilindi.

Qayd etilishicha, Surxondaryo viloyatida 2021 yilning iyun oyiga qadar 128 ta YTH sodir etilishi natijasida 98 nafar fuqaro tan jarohati olgan, 51 kishi esa vafot etgan.

Boshqa yangiliklar