Hukumat qarori (359-son, 10.06.2021 y.) bilan Toshkent davlat yuridik universitetida kredit-modul tizimida o`quv jarayonini tashkil etish tartibi to`g`risidagi nizom tasdiqlandi. Bu haqda Adliya vazirligining huquqiy axborot kanali xabar bermoqda. Qaror bilan Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 30 oktyabrdagi 677-son qaroriga tegishli qo`shimcha kiritilgan.
Unga ko`ra, Qoraqalpog`iston Respublikasi Adliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar adliya boshqarmalarining yo`llanmalari hamda TDYuU qoshidagi akademik lisey tavsiyanomalari asosida kirish test sinovlarisiz yakka tartibdagi suhbat natijalariga ko`ra TDYuU bakalavriatiga o`qishga kirgan yuridik texnikumlar va akademik liseyning bitiruvchilariga (abiturientlarga) grantlar ajratilishi mumkin (ilgari faqat to`lov-kontrakt asosida o`qish imkoniyati mavjud edi).
Mazkur grantlar O`zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan belgilangan tartibda ajratiladi.