AsosiyJamiyat

Samarqandda Respublika ishchi guruhi g`alladan bo`shagan erlarga takroriy ekin ekish ishlarini o`rganmoqda

'Samarqandda Respublika ishchi guruhi g`alladan bo`shagan erlarga takroriy ekin ekish ishlarini o`rganmoqda'ning rasmi

Prezident aholi bandligi va farovonligini oshirish bo`yicha qo`shimcha vazifalarni belgilagan edi.  Unga ko`ra, joriy yilning 12 iyun kuni O`zbekiston Respublikasi Bosh vaziri o`rinbosari Sh.G`aniev boshchiligidagi Ishchi guruhi Samarqand viloyati hududlarida bo`lib,  g`alladan bo`shagan maydonlarga takroriy ekin ekish bilan bog`liq masalalar yuzasidan  fermerlar, mutaxassislar, aholi bilan uchrashdi. Bu haqda Qishloq xo`jaligi vazirligi  Axborot xizmati xabar berdi.

Ayni paytda viloyatda  g`alladan bo`shayotgan  erlarni ishsiz, ehtiyojmand va mehnatkash aholiga  ajratish ishlari davom etmoqda.

– Ishsiz aholiga qishloq xo`jaligi erlarining 10 yil muddatga dehqonchilik bilan shug`ullanish uchun ijaraga berilishi natijasida aholi bandligi ta`minlanishiga erishilmoqda. Bunda mutasaddilar  ekishdan boshlab, mahsulot etishtirilgunga qadar to`liq amaliy yordam berishadi. Prezidentimiz topshirig`i bilan paxta hosilidan keyin ham yana 100 ming gektar er  ishsiz aholiga dehqon xo`jaligi tashkil etish uchun ajratiladi, deydi Sh.G`aniev.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

Boshqa yangiliklar