AsosiyJamiyat

Toshkent-Xojikent-Toshkent yo`nalishidagi yo`lovchi poezdlarining 2 ta reysi bekor qilindi

'Toshkent-Xojikent-Toshkent yo`nalishidagi yo`lovchi poezdlarining 2 ta reysi bekor qilindi'ning rasmi

"O`ztemiryo`lovchi" jamiyatidan ma`lum qilishlaricha, joriy yilning 14 iyun kuni Toshkent-Xojikent-Toshkent yo`nalishida harakatlanadigan shaharlararo yo`lovchi poezdlarining 2 ta reysi bekor qilinadi. Bu haqda O`zbekiston Milliy axborot agentligi xabar berdi. 

"Toshkent mintaqaviy temir yo`l uzeli” UKga qarashli QODIRYa- OQQOVOQ bekatlari oralig`ining 19 - kilometridan 20 - kilometrigacha  bo`lgan temir yo`lda kapital ta`mirlash ishlari amalga oshiriladi.  

Shu sababli, 14 iyun kuni  soat 07:10 da – “Toshkent – Xojikent”, 10:10 da – “Xojikent – Toshkent” yo`nalishida harakatlanadigan shaharlararo yo`lovchi poezdlar qatnovi to`xtatilmoqda.

Shu kuni soat  14:06, 16:42, 17:31 hamda 19:13 da harakatlanadigan – “Toshkent–Xojikent-Toshkent” yo`nalishidagi shaharlararo yo`lovchi poezdlari harakat esa o`zgarishsiz qoladi va jadvali asosida qatnov amalga oshiriladi.  

Boshqa yangiliklar