AsosiyJamiyat

O`zbekistondagi mobil aloqa abonentlari soni 27 millionga yaqinlashdi

'O`zbekistondagi mobil aloqa abonentlari soni 27 millionga yaqinlashdi'ning rasmi

Davlat statistika qo`mitasi ma`lumotlariga ko`ra, 2021 yil 1 aprel holatiga ko`ra, mobil aloqa tizimiga ulangan abonentlar soni 26 mln. 953,5 mingtani tashkil etib, 2020 yilning mos davriga nisbatan 10,8 % ga yoki 2 mln. 636,8 mingtaga oshgan.

Shu jumladan, aholida 24 mln. 795,4 mingta abonentni tashkil etgan. 2020 yilning mos davriga nisbatan 6,1 % ga yoki 1 mln. 424,1 mingtaga oshgan.

 Mamlakat aholisining mobil aloqa bilan ta`minlanganligi har 100 kishi hisobiga 72 birlikni tashkil etmoqda.  

Yillar kesimida mobil aloqa tizimiga ulangan abonentlar soni:

2019 yil 1 aprel:

jami: 21 960,2 ming  

aholida: 21 331,2 ming

2020 yil 1 aprel:

jami: 24 316,7 ming  

aholida: 23 371,3 ming

2021 yil 1 aprel:

jami: 26 953,5 ming  

aholida: 24 795,4 ming

Boshqa yangiliklar